09:30 / 24.09.2017
48293

Turkmanistondagi g‘orda fanga noma'lum jonzot aniqlandi  

Foto: Subterranean Biology

Turkmaniston sharqida joylashgan Koytendag tog‘ tizmasi etagida joylashgan Kaptarxon g‘orida avval fanga ma'lum bo‘lmagan jonzot aniqlandi. Gap bir necha millimetr keladigan mitti, ko‘zi yo‘q bo‘g‘imoyoqlilar haqida ketmoqda.

Yangi tur Turkmenocampa mirabilis nomini oldi: bu nomdagi birinchi so‘z u topilgan joyni, ikkinchisi "g‘aroyib, antiqa" so‘zini bildiradi. 

Jonzot Ispaniya, Sloveniya va Bolgariya olimlari tomonidan topildi. Ular jonzotni o‘tkir hidli pishloq bilan jalb qilishgan.

Top