10:25 / 25.09.2017
4505

Abdulaziz Komilov va Liza Kyortis O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Liza Kyortis bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi doirasida ikki davlatning yetakchi iqtisodiy tuzilmalari ishtirokida o‘tgazilgan biznes-forum yakunlarini yuqori baholadilar va mazkur forum natijalari boshqa tadbirkorlarni ham hamkorlikka chorlashini ta'kidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama etish chog‘ida alohida e'tibor Afg‘onistondagi vaziyatning tinch yo‘llarda rivojlanish bosqichiga o‘tish istiqbollariga qaratildi.

Uchrashuvda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlar bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniyel Rozenblum ham ishtirok etdi.

Top