08:57 / 25.09.2017
6377

Eron Bag‘dodni qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi

Foto: AP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy bilan telefon muloqoti davomida Bag‘dodni Iroq Kurdistonida mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilishi arafasida qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Eron prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

"Eron Iroq markaziy hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi", - deya ma'lum qilgan Ruhoniy yakshanba kungi telefon muloqotida. Uning ta'kidlashicha, Tehron Iroqning hududiy yaxlitligi va milliy birdamligini tahdidga qo‘yadigan barcha xatti-harakatga qarshi chiqadi.

Obodiy, o‘z navbatida, Eronga Iroqning kurdlar muxtoriyatidagi referendumdan avval bunday pozitsiyada ekanligi uchun minnatdorchilik bildirdi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Ruhoniy va Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida ham telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Unda davlat rahbarlari ikki tomonlama masalalardan tashqari, Iroq Kurdistonidagi referendumni muhokama qilishgan. Prezidentlar bu masala bo‘yicha pozitsiyalar umumiy ekanini ta'kidlab o‘tishdi.

Avvalroq Iroq Kurdistoni rahbari Ma'sud Barzoniy mintaqa Bog‘doddan mustaqil bo‘lish bo‘yicha referendumni 25 sentabrdan boshqa muddatga ko‘chirmasligi haqida ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, bu xalqaro bosimga qaramay ro‘y beradi.

Top