20:12 / 25.09.2017
7833

Lavrov ShHT-Afg‘oniston yig‘ilishi o‘tkazilishi sanasini e'lon qildi

Foto:Maksim Blinov/RIA «Novosti»

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ShHT-Afg‘oniston kontakt guruhining yig‘ilishi 11 oktabrda o‘tishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

"ShHT-Afg‘oniston kontakt guruhining ishi qayta boshlanmoqda. Uning yig‘ilishi 11 oktabrda Moskvada o‘tadi", deb aytdi Lavrov.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT davlatlarini mintaqaviy ixtiloflarni hal qilish bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirishga chaqirgandi va ShHT-Afg‘oniston kontakt guruhi ishi qayta boshlanishi muhimligini ta'kidlab o‘tgandi.

Top