09:53 / 25.09.2017
9747

Nyu-Yorkda S5+1 shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya «S5+1» shaklidagi Markaziy Osiyoning besh davlati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi shakllanayotgan umumiy kun tartibi, avvalo iqtisod, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Alohida e'tibor Afg‘onistondagi vaziyat va uning mintaqaviy jarayonlarga jalb etish istiqbollariga qaratildi.

Uchrashuvda olti davlat TIV rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

Top