TripAdvisor dunyoning eng diqqatga sazovor 25 muzeyi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi (The Metropolitan Museum of Art) - eng yaxshi muzey deb topildi.
Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida Luizianadagi Ikkinchi jahon urushi milliy muzeyi nomi (The National WWII Museum) qayd etildi. Uchinchi o‘rin Fransiya poytaxtidagi D'Orsay muzeyi (Musee d'Orsay)ga nasib etdi.
To‘rtinchi o‘rinni Chikago San'at instituti (The Art Institute of Chicago) egalladi. Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi va Qishki saroy beshinchi pog‘onada kelgan. Nyu-Yorkdagi yana bir taniqli muzey - Milliy 9/11 Memorial&Muzey (The National 9/11 Memorial & Museum) - oltinchi o‘rinda qayd etilgan.
Shuningdek dunyoning eng yaxshi muzeylari o‘nligidan Meksikadagi Milliy Antropologiya muzeyi (National Museum of Anthropology), Gretsiyadagi Akropolis muzeyi (Acropolis Museum), Ispaniyadagi Prado Milliy muzeyi (Prado National Museum) va Buyuk Britaniya poytaxtidagi Viktoriya va Albert (V&A - Victoria and Albert Museum) kabi muzeylar joy olgan.