08:18 / 25.09.2017
12431

Shvartsenegger: Messi - futbol Terminatori

Hollivudlik mashhur aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger Arnold Classic Europe bodibilding bo‘yicha musobaqasi doirasida «Barselona» stadioni «Kamp Nou»ga tashrif buyurib, kataloniyaliklar forvardi Lionel Messini futbol Terminatori, deb atadi.

«Messi — futbol Terminatori, uni shunday deb atashga haqimiz bor.

O‘tgan yili «Barselona»ning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurib, u qanday shug‘ullanishini kuzatgandim. Bu fantastik tajriba bo‘ldi. Yevropa jamoalari juda kuchli, «Barselona» esa — ulardan biri. Madrid klublari ham ancha kuchli. Bu jamoalardagi ko‘plab o‘yinchilar jahonning eng yaxshi sportchilari qatoriga kiradi», - deya Shvartseneggerning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Top