08:54 / 26.09.2017
9472

G‘ulomjon Ibragimov va Rustam Minnixanov o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

Foto: G‘ulomjon Ibragimov

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.

Tomonlar Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hozircha mavjud salohiyatga mos kelmayotganligini ta'kidladilar.

Tatariston rahbari tomonlar aloqalarni kuchaytirishi, shuningdek, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yo‘lga qo‘yishi kerakligini ta'kidladi.

G‘ulomjon Ibragimov O‘zbekiston Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratayotganini ta'kidladi. U O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi hozircha katta emasligini ta'kidladi. Ibragimov Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi mintaqaviy munosabatlar rivojiga jiddiy turtki berishiga umid bildirdi.

«Umid qilamizki, prezidentlarimizning siyosiy irodasi tufayli o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz», - dedi G‘ulomjon Ibragimov. 

Mavzuga oid
Top