22:58 / 26.09.2017
6210

Kia modellar qatorida hamyonbop Pegas sedani paydo bo‘ldi

Xitoy bozoriga Kia’ning 4 eshikli yangi ixcham Pegas modeli chiqmoqda. Koreys markasi Pegas sedanining prototipini joriy aprelda Shanxayda namoyish qilgandi. Mashinaning seriyali modeli umuman olganda kontseptning dizaynini saqlab qolgan va avvalgi avloddagi Kia K2 negizida qurilgan. Mashinaning uzunligi 4300 mm, eni 1700 mm, balandligi 1460 mm ni, g‘ildiraklar bazasi esa 2570 mm ni tashkil qiladi. 

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru

Xitoyda sedan bir motor – 1,4 litrli, 95 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan taklif etiladi. Dvigatel 5 pog‘onali mexanik yoki 4 pog‘onali "avtomat" uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi.

Kia Pegas‘ning bazaviy komplektatsiyasida ABS, EBD, ikkita xavfsizlik yostiqchasi, konditsioner va audiotizim mavjud. Mashinaning top versiyasida 7 dyuymli sensorli ekranga ega multimedia tizimi, parktronik, orqa tomonni ko‘rish kamerasi, tomda lyuk, ESC, charm bilan qoplangan salon ko‘zda tutilgan.

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru

Yangi mashina narxi 49 900 yuandan 73 900 yuangacha turadi. Mashina faqatgina Xitoy uchun ishlab chiqarilgan hamda u shu yerda Kia va Dongfeng kompaniyalari qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladi.

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru
Top