09:02 / 26.09.2017
9059

Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi

Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Qosim-Jomart Tokayev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi 25 sentabr kuni Samarqand shahriga keldi. 

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov, Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayevlar kutib olishdi.

Delegatsiya a'zolari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lishdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Shuningdek, Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi a'zolari Imom Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi va Siyob bozorida ham bo‘lishdi.

Top