17:30 / 26.09.2017
7715

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

2017 yilning 26 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatda amaliy tashrifini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e'tibor bergan holda ko‘rib chiqildi.

Britaniya tomoni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqining asosiy qismlari bilan tanishtirildi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berayotganligi ta'kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga bo‘lajak tashrifining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top