18:08 / 27.09.2017
5989

21 mln. so‘mlik qoramollarni firibgarlik bilan egallab, pulini bermagan olg‘ir fosh etildi

2017 yilning mart oyida Toshkent tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan D.I. firibgarlik yo‘li bilan, Toshkent tumani Ko‘kterak qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan Sh.Q.ning ishonchini suiste'mol qilib, «pullarini kechki payt olib kelib beraman», deb aldab, undan umumiy narxi taxminan 21.000.000 so‘m bo‘lgan 5 bosh qoramollari va 2 bosh qo‘ylarini olib, pullarini shu kunga qadar bermagan. 

Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Ushbu holat yuzasidan D.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni IIB olib bormoqda.

 

Top