10:47 / 27.09.2017
6006

32 yoshli yigit kelishmovchilik natijasida nafaqaxo‘r erkakka tan jarohati yetkazdi

Foto: KUN.UZ

Oqqo‘rg‘on tumanida, 11 sentabr kuni soat 13.00 larda, Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan T.V. uyi oldida o‘zaro janjallashib, mahalladoshi, nafaqaho‘r, 1952 yilda tug‘ilgan D.N.ni qo‘li bilan urishi natijasida u bosh qismi bilan yerga yiqilgan. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

D.N. koma holatida bo‘lganligi sababli muomalaga kira olmasligi, bosh qismiga og‘ir jarohat yetganligi ma'lum bo‘ldi. 

Ushbu holat yuzasidan T.V.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top