09:03 / 27.09.2017
15781

«Borussiya» - «Real» uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL guruhi bosqichi 2-turi doirasida Dordmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan bahsning (3:1) eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar bergan.

Portugaliyalik forvard ikkinchi bo‘limda ikkita gol urib, uchrashuvning asosiy qahramoniga aylandi. Endilikda, uning hisobida musobaqaning ikki o‘yinida to‘rtta gol bor. Avvalroq u APOEL bilan bellashuvda (3:0) ham dubl qayd etgandi. «Qaymoqranglilar» keyingi bahsda Madridda «Tottenhem Hotspur» bilan kuch sinashadi (17 oktabr).

H guruhidagi turnir jadvali: 1. «Tottenhem» – 6 ochko; 2. «Real» — 6; 3. «Borussiya» D — 0; 4. APOEL — 0. 

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top