02:11 / 27.09.2017
9422

YeChL. F guruhi. «Siti»da qiyin, tarixiy g‘alaba, «Napoli»da - dastlabki

Foto: Twitter/City Watch‏

Yevropa chempionlar ligasining F guruhidan o‘rin olgan 2-tur uchrashuvlari bu safar kutilgan natijalar bilan yakunlandi.

Angliyada «Shaxtyor»ni qabul qilgan «Manchester Siti» juda katta muammolarga duch keldi. Ayniqsa jamoa birinchi bo‘limda kutilgan futbolni namoyish etib bera olmadi. Ikkinchi bo‘limning boshida Kevin De Bryuyne hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqaga kelib Serxio Aguero belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi. 90-daqiqa boshida esa Rahim Sterling farqni ikkitaga oshirdi. Natijada «Siti» o‘zining olti yillik YeChL tarixida ilk marta guruhni ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshladi. Shu kungacha ular hech qachon bunday ko‘rsatkich bilan musobaqani boshlashmagandi.

Birinchi turda Ukrainada yutqazgan «Napoli» bu turda «Feyyenoord»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, dastlabki uch ochkoni tantana qildi.

Ushbu natijalardan keyin guruhda «Siti» 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. «Napoli» va «Shaxtyor»da uchtadan ochko bor. «Feyyenoord» esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

F guruhi

Napoli (Italiya) – Feyyenoord (Niderlandiya) 3:1 (1:0)
Gollar: Insine (7), Mertens (49), Kalexon (70). Amrabat (90)
Napoli: Reyna, Maksimovich, G‘ulom, Hyusay, Kulibali, Hamshik (Zelinski, 71), Jorjino (Diavara, 80), Kalexon (Rog, 73), Allan, Insine, Mertens.
Feyyenoord: Jons, Sen-Jyust, Xaps, Diks, Tapiya (van Bek, 78), Trindade, Bergeys (Larsson, 86), Tornstra (Basadjikoglu, 69), Boetiyus, Amrabat, El-Axmadi.
Ogohlantirishlar: Kulibali (37), El-Ahmadi (47), Bergeys (54), van Bek (86), Diavara (90).

Manchester Siti (Angliya) – Shaxtyor (Ukraina) 2:0 (0:0)
Gollar: de Bryuyne (48), Sterling (90).
Manchester Siti: Ederson, Stounz, Otamendi, Uoker, de Bryuyne, Sane, Delf, Fernandino, Silva (Gundo‘g‘an, 81), Aguero (Bernardu Silva, 85), Gabriel Jyezus (Sterling, 54).
Shaxtyor: Pyatov, Ordets, Ismaili, Butko, Rakitskiy, Stepanenko, Fred (Kovalenko, 90), Tayson, Marlos (Dentino, 78), Bernard (Petryak, 89), Ferreyra.
Ogohlantirish: Ordets (66).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top