18:46 / 27.09.2017
7429

Fyodor Yemelyanenko o‘zining yakkakurashlar maktabini ochdi

Foto: AllFight.ru

Rossiyalik jangchi va Rossiya aralash yakkakurashlar uyushmasi (MMA) prezidenti Fyodor Yemelyanenko Moskva viloyatining Novogorsk shahrida o‘z nomidagi yakkakurash maktabini ochdi. Bu haqda TASS xabar bergan.

Tantanali tadbir chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ochilish marosimidan tashqari, Fedor team jamoasi jangchilari - Valentin Moldavskiy, Kirill Sidelnikov, Anatoliy Tokov, Viktor Nemkov va Vadim Nemkov ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Yemelyanenko hozirda Amerikaning Bellator tashkilotida ishtirok etadi. Uning hisobida 36 g‘alaba va besh mag‘lubiyat bor.

Joriy yilning iyun oyi oxirlarida Fyodor Yemelyanenko oxirgi jangidan keyin uch oyga musobaqalardan chetlatilgani xabar qilingandi.

Top