21:40 / 27.09.2017
13326

Ronaldu maoshi oshirilishini xohlamoqda

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu shartnomasini moliyaviy jihatdan yanada yaxshilashni istamoqda. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, portugaliyalik futbolchi yiliga kamida 25 million yevro miqdoridagi maosh olishni istaydi. Shu bilan birga futbolchi klubga talab qo‘yayotgani yo‘q va u hamda klub o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmagan.

Ronaldu o‘tgan yilda shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirgandi.

Lissabondagi Correio de Manha nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi ayni vaqtda Madrid klubida yiliga 23,7 million yevro oladi. Bu uning sof daromadi.

Bundan avvalgi xabarlarda Ronaldu hozirgi shartnomasi oxirgisidan oldingisi ekani haqida gapirgandi. U «Qirollik klubi»da 41 yoshigacha to‘p surishni istashini ma'lum qilgan.

Top