20:50 / 27.09.2017
5947

Tana haroratini tartibga soluvchi qo‘l konditsioneri ishlab chiqarilmoqda

Honkongning Aircon startapi tana haroratini tartibga solish uchun aqlli soatlardan foydalanishni taklif qiladi. Gadjyet uslubiy jihatdan bozordagi mashhur muqobillar bilan raqobatlasha olmasa-da, u gipotalamusga ta'sir o‘tkaza oluvchi maxsus intellektual tizim bilan jihozlangan.

Yangi qurilma bilak sohasidagi asab tugunlarini rag‘batlantirib, miyaga signallarni yo‘llaydi. Gipotalamus qurilmadan ko‘rsatma olib, tana haroratini tartibga solish jarayonlarini ishga tushiradi. 

Foto: kickstarter.com

Gadjyetni boshqarish uchun jismoniy klavishlar qo‘llaniladi. OLED-displeyda faqat vaqt va sana aks etadi. Unda hech qanday qo‘shimcha funksiyalar ko‘zda tutilmagan. Shunday oddiylik evaziga 400 mAs sig‘imli akkumulyator sakkiz soatlab zaryadga ehtiyoj sezmay ishlashi mumkin. 

Foto: kickstarter.com

Yangi qurilma qora rangda ishlangan bo‘lib, Kickstarter kraudfanding platformasida ishlab chiqarish uchun yetarli summani to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Uni 120 dollarga qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. 

Kartinki po zaprosu Aircon Watch: The World's First Personal A/C Watch

Foto: kickstarter.com

 

Top