10:56 / 28.09.2017
10027

AQSh Koreya yarim oroli yaqinida strategik qurollar joylashtirishni boshlashi mumkin

Janubiy Koreyadan ma'lum qilishlaricha, AQSh o‘zining strategik qurollarini Koreya yarim orolida vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadigan tarzda joylashtirishni boshlaydi. «Joylashtirish bu yil oxirida boshlanadi, bu bizning mudofaa qobiliyatimizni kengaytirishga yordam beradi», - deya Janubiy Koreya prezidenti yordamchisining so‘zlarini keltiradi «Ryonhap».

Avvalroq Janubiy Koreya rahbariyati KXDRning yadroviy sinovlaridan so‘ng, bunga AQShning THAAD raketa mudofaasi tizimlarini joylashtirish muqarrar chora sifatida qo‘llashini ma'lum qilgandi.

Sentyabr oyining boshida Shimoliy Koreya o‘z tarixidagi eng kuchli yadroviy sinovlardan birini o‘tkazdi. Bu navbatdagi mintaqaviy inqirozni keltirib chiqardi hamda butun dunyo bo‘ylab qoralandi.

Top