00:22 / 28.09.2017
8719

Durov Osiyoda Telegram ishida uzilishlar kuzatilganiga izoh berdi

Foto: CC BY 2.0 / TechCrunch / Pavel Durov

Singapurda o‘tgan haftada Telegram messenjerida kuzatilgan uzilishlar asosiy qurilmaning nosozligi sababli sodir bo‘lgan. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerdagi kanalida ma'lum qildi.

“Singapurdagi ma'lumotlarni ishlash markazida avariyaviy elektr ta'minoti tizimidagi nosozlik sababli muammolar yuz berdi. Ma'lumotlar markazida elektr energiyaning uzilishi hech qachon yuz berishi kerakmas, shu sababli men bu qo‘poruvchilik sababli sodir bo‘lgani haqida o‘ylay boshlagandim. Biroq bu ehtimol shunchaki asosiy qurilmaning nosozligi bo‘lgan”, deb aytdi Durov.

Durov izoh yozayotgan vaqtda uzluksiz ta'minot manbai yangisiga almashtirilayotganini qo‘shimcha qilgan va shundan keyin messenjer ishi tiklanishiga umid bildirgan. “Ta'minot yo‘qligi bizga bog‘liq bo‘lmagan ba'zi narsalardan biridir”, deb aytgan Durov.

Telegram 2015 yilda Xitoyda noroziliklar vaqtida yozishmalar uchun qo‘llangani sabab Xitoy hukumati tomondan  to‘sib qo‘yilgandi. 

Durov shuningdek o‘z so‘zida qat'iy qolib, na Rossiya, na Eron hukumatiga “deshifrovkalash kalitlarini” berishini aytgan. Uning aytishicha, Eronda messenjerdan foydalanuvchilar soni 40 mln kishini, Rossiyada esa 10 mln kishini tashkil qiladi. 

Top