02:41 / 28.09.2017
19663

YeChL, «D» guruhi. «Barselona» va «Yuventus» uchun murakkab kun

Foto: AP

Yevropa chempionlar ligasining D guruhidan o‘rin olgan ikkinchi tur uchrashuvlari favoritlar uchun juda og‘ir kechdi, ammo yakunda ular baribir o‘z maqsadiga yetishdi.

Portugaliyada «Sporting» mehmoni bo‘lgan «Barselona» katta qiyinchilikka duch keldi. Faqatgina 49-daqiqa mezbonlarning avtogoli evaziga Valverde shogirdlari kichik hisobda g‘alaba qozondi. «Yuventus» esa Gretsiyaning «Olimpiakos»ni qabul qilib, 70 daqiqa mobaynida yunon qo‘pg‘onini yorib o‘ta olmadi. Shundan so‘ng Iguain jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyinroq Mario Mandjukichning goli evaziga o‘yinga nuqta qo‘yildi.

Ushbu natijalardan keyin «Barselona» 6 ochko bilan guruhda yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, «Yuventus» va «Sporting» hisobida 3 ochkodan jamg‘argan. «Olimpiakos» esa ikki turdan buyon birorta ham ochko jamg‘ara olmagan.

Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur
«D» guruhi

Sporting (Portugaliya) – Barselona (Ispaniya) 0:1 (0:0)
Gol: Koates (49, avtogol).
Sporting: Ruy Patrisiu, Koates, Koentrau (Silva, 74), Pichchini, Mate, Fernandesh, Battalya, Akunya (Bruno Sezar, 73), Vilyam Karvalyu, Jyelson Martinsh, Dumbiya (Dost, 44).
Barselona: ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich, Buskets, Serdji Roberto (Andre Gomesh, 87), Inesta (Paulino, 80), Messi, Suares (Aleish Vidal, 89).
Ogohlantirishlar: Jyelson Martinsh (6), Koentrau (26), Dumbiya (40), Akunya (48), Pichchini (53), Koates (58), Nelson Semedu (69), Aleish Vidal (90).

Yuventus (Italiya) – Olimpiakos (Gretsiya) 2:0 (0:0)
Gollar: Iguain (69), Mandjukich (80).
Yuventus: Buffon, Kellini, Bardzali, Aleks Sandro, Kuadrado (Iguain, 60), Sturaro (Benatiya, 81), Duglas Kosta (Bernardeski, 84), Matyuidi, Bentankur, Dibala, Mandjukich.
Olimpiakos: Proto, Nikolau, Engels, Figeyrash, Kutris, Odjidja-Ofoe, Zdelar (Fortunis, 77), Pardo (Ben-Nabuan, 72), Romao, Seba, Emenike (Marin, 88).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top