10:58 / 28.09.2017
9373

Eng kuchli Porsche 911 Nyurburgring rekordini o‘rnatdi 

Foto: Motor.ru

Porsche 911 modeli tarixidagi eng kuchli va ekstremal yangi avlod GT2 RS Nyurburgringning «Shimoliy aylana»sida seriyali avtomobillar orasida rekord o‘rnatdi. Kupe trekni 6 daqiqa 47,3 soniyada bosib o‘tdi va Lamborghini Huracan Performante natijasini deyarli 5 soniyaga yaxshiladi. 

Unda ikkita avtomobil ishtirok etgan: zavod poygachisi Nik Tendi va Porsche sinovchi haydovchisi Lars Kern boshqaruvidagi mashinalarni boshqarishgan. Ular “Lamborgini” natijasini birinchi urinishdayoq ortda qoldirishdi. Besh marta aylanib chiqishganidan so‘ng, ikkala mashina ham 6 daqiqa 50 soniyadan ko‘p natijani ko‘rsatmagan. Shunga qaramay, ikki haydovchidan Kern tezroq finishga keldi. U yo‘lni o‘rtacha soatiga 184,11 km tezlikda bosib o‘tgan. 

Porsche GT2 RS modelining jahon taqdimoti «Gudvuddagi tezlik festivali»da bo‘lib o‘tgan edi. Orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan sportkarni qarama-qarshi joylashtirilgan 3,8 l hajmli va 700 ot kuchiga ega «biturbooltilik» dvigatel bilan jihozlashgan. 

GT2 RS joyidan 100 km/s tezlikka 2,8 soniyada erishadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 340 kmni tashkil etadi. 

Mavzuga oid
Top