14:10 / 29.09.2017
14496

Dubayda xotinini bolg‘a bilan urib o‘ldirgan jurnalist o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin

Foto: Facebook/ Francis Matthew

61 yashar angliyalik jurnalist Frensis Metyu Dubayda o‘z xotinini o‘ldirishda ayblanib hibsga olindi. Amirlik qonunlariga ko‘ra, u o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Dubay politsiyasining bildirishicha,  Gulf News nashri muharriri Frensis Metyu o‘zining 62 yoshli xotini Jyeynni yotoqxonada bolg‘a bilan urib o‘ldirgan. Erkakning voqea joyiga yetib kelgan zobitlarga ma'lum qilishicha, uyida talonchilar bo‘lgan va aynan ular Jyeynni o‘ldirishgan. So‘roq paytida jurnalist moliyaviy muammolar tufayli xotini bilan janjallashib qolganligini tan oldi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, keyinchalik Frensis Metyu qotillik sodir etganini tan olgan va hatto xotinini qanday o‘ldirganligini aytib bergan. Ayol uni go‘yoki itarib yuborgan, shundan so‘ng u xonadan chiqib, bolg‘a bilan qaytib kelgan. Ertasi kuni ertalab u uyiga talonchilar kirganini sahnalashtirmoqchi bo‘ldi va politsiyani chaqirtirdi.

Britaniyalik jurnalist xotinining o‘ldirilishiga aloqadorligini rad etmoqda. Uning advokati Li al-Shamsiyning bildirishicha, jasadni yorib ko‘rish bo‘yicha hisobotda xato topgan. Shunga qaramay, prokuratura Frensis Metyu uchun o‘lim jazosini talab qilmoqchi.

Mavzuga oid
Top