15:20 / 29.09.2017
8677

LG’ning noodatiy futbol o‘yini ijtimoiy tarmoqlarda 100 mln.dan ko‘proq tomosha qilindi

Oddiy bir to‘p o‘yini Stiven Jyerrard va Adam Lallana kabi Angliya futboli afsonalari uchun ko‘rish burchagi qanchalik muhimligini ko‘rsatdi.

LG Electronics (LG) kompaniyasi LG Nano Cell (SM) Super uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, unda jahonga mashhur yulduzlar Stiven Jyerrard va Adam Lallana noyob penaltilar seriyasida o‘zaro bahslashdi. O‘yin YouTube kanali, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida 100 milliondan ko‘proq tomosha qilindi va 4 milliondan ziyod izohga sabab bo‘ldi. LG roligi shu qadar ommalashdiki, avgust oyining ikkinchi va uchinchi haftalarida Advertising Age jurnali versiyasi bo‘yicha virusli video xit-paradida yetakchiga aylandi.

LG Nano Cell super o‘yini ijtimoiy tarmoqlarda katta reaksiyaga sabab bo‘ldi va bunday yuqori daraja bir qator omillarning o‘zaro uyg‘unlashgani sabab kelib chiqdi. Birinchidan, LGNanoCell supero‘yini Stiven Jyerrard va Adam Lallananing yorqin futbol mahoratini namoyish etdi. Ikkinchidan, Ali-A, ChrisMD va Freekickerz kabi keng onlayn auditoriyaga ega bo‘lgan ba'zi YouTube foydalanuvchilari o‘yinda ishtirok etishdi va bu jarayonda nimalar sodir bo‘layotganini sharhlab borishdi. Ammo super o‘yinning muvaffaqiyati LG’ning Nano Cell televizorlariga ega oddiy maydonga bog‘liq bo‘lib, u har qanday burchakdan aniq rangni ko‘rsatish ham maydonda, ham uyda muhim ustunlikni berishini ko‘rsatdi.

Foto: LG

Jyerrard va Lallana butun dunyo bo‘ylab millionlab kuzatuvlarni to‘plab olgan videoda (havola) birinchi darajali mahoratni ko‘rsatadilar: ekranga 60 darajali burchak ostida turib, ular to‘pni ma'lum bir sektorga aniq yo‘llashdi. Maydonning o‘rtasiga joylashtirilgan ikki tomonlama ekran kichik kvadratlarga bo‘lingan bo‘lib, unda futbolchi olgan ochkolar soni plyus yoki minus belgisi bilan ko‘rsatildi. Maydonning ekrani oddiy suyuq kristalli displeylardan iborat bo‘lgan tomonidan o‘ynab, Jyerrard va Lallana ochkolarni qiyinchilik bilan olishdi, sababi ekrandagi son ijobiy yoki salbiq bo‘layotganini ko‘ra olishmadi.

Biroq, bu maydonning Billion Rich Colors («Boyitilgan milliard ranglar») texnologiyasiga ega Nano Cell SUPERUHD displeylari bilan jihozlangan tomonida sodir bo‘lmadi, ular har qanday burchakda o‘yinchilarga ko‘rinar edi. Nano Cell displeylari ekrandan 60 darajalik burilish bo‘lsa ham, mukammal tasvir sifatini saqlanib turadi. SK-televizorlarda esa ko‘rish burchagi cheklangan bo‘lib, 30 darajalik burilishda rang berish yomonlashadi: ranglar xiralashadi va hatto qisman yo‘qoladi.

«LG SUPER UHD NanoCell displeylari bo‘lgan tomonda o‘ynab, birinchi bosqichdan keyin hisobni ko‘rganimda, Lallananing qobiliyatlari maydonning qolgan yarmida yo‘qolganidan hayron bo‘ldim, - dedi Jyerrard. - Biroq biz joylarni o‘zgartirgandan so‘ng, qayerga zarba berishni ko‘rish qanchalik qiyin ekanligini angladim. Bu g‘ayritabiiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday burchak ostida ekranda nima borligi yoki yo‘qligi ko‘rish - ochkolarni to‘plash yoki uyda televizorda ko‘rishda o‘ta muhim».

Televizorni keng diapazonli ko‘rishda katta ko‘lamli rang berishni ta'minlash imkoniyati ekspertlar e'tiborini tobora o‘ziga jalb qilmoqda, hamda tasvir sifatini komlpeks baholashda muhim omil sanaladi. Garchi boshqa SK-televizorlar milliardlab rangni ko‘rsatish imkoniyatiga da'vo qilsada, tomoshabinlar ularni faqat TV oldida bevosita o‘tirgan holda ko‘rishi mumkin. Bu displeylardagi rang, farq va yorqinlik tomoshabinning holatiga qarab farq qilishi mumkinligi bilan bog‘liq. Biroq, IPSOS agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fransiyada o‘rtacha faqat to‘rt foizdan ko‘proq tomoshabinlar televizorni uning to‘g‘risida o‘tirib ko‘radi, tomoshabinlarning yarmidan ko‘pi esa SK-televizorni turli burchaklarda ko‘radi.

«Yarim himoyachi to‘g‘ri to‘p uzatishlarni amalga oshirish va gol kiritish uchun butun maydonni keng ko‘rish burchagiga ega bo‘lishi kerak, - deydi Lallana. - Bu tajriba televizorning keng ko‘rish burchagi, futbolchi uchun keng ko‘rish burchagi kabi muhimligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, siz oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan sport musobaqasini tomosha qilayotganingizda».

Foto: LG

NanoCell displeyli LG 2017 SUPERUHD televizorlarining uchinchi avlodi an'anaviy SK-displeylarga qaraganda, kengroq ko‘rish burchagida yanada aniq va to‘yingan ranglarni berishi mumkin. Ya'ni, katta divanda o‘tirgan oila a'zolaringiz yoki do‘stlaringizning hech biri rangni qabul qilishdagi farqni his etmaydi. Bu, u LG SUPERUHD televizori to‘g‘risida o‘tiradimi yoki unga 60 darajalik burchakda bo‘ladimi, farq qilmaydi. LG SUPERUHD televizorlari keng ko‘rish burchagi, aniq ranglar va harakatni yaxshiroq uzatishda har qanday materialni, ayniqsa, jonli efirdagi sport translyatsiyalarini tomosha qilish uchun idealdir hamda har bir narsani eng kichik detallar bilan, istalgan burchakdan ko‘rish imkonini beradi.

«LG Nano Cell super o‘yini jahon onlayn-hamjamiyatining bunday ijobiy reaksiyasiga sabab bo‘lganidan juda xursandmiz, - dedi LG Home Entertainment kompaniyasining marketing bo‘yicha vitse-prezidenti J.S. Li. - Ijtimoiy tarmoqlardagi kampaniyamizning muvaffaqiyati bilan an'anaviy SK-televizorlarning aniq kamchiliklari va ularning cheklangan ko‘rish burchagiga ko‘proq e'tibor qaratishga umid qilamiz. NanoCell supero‘yinining videoroligi ko‘pchilik iste'molchilarga mehmonxona uchun televizor tanlashda keng ko‘rish burchagi muhimligini tushunishiga yordam beradi».

Berlindagi IFA 2017 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar bu farqni o‘zlari his qilib ko‘rishdi. LG interfaol paviloni futbol afsonalari Nano Cell supermatchi vaqtida ko‘rgan va ko‘rmagan narsalarini aniq namoyish etib berdi. Tadbir haqidagi batafsil ma'lumotni www.lg.com/NanoCellSuperMatch sahifasidan olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top