17:58 / 29.09.2017
33075

Foto: Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgich ochildi

Toshkent shahrining Shimoliy vokzali yaqinidagi Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgich transport vositalari harakati uchun ochildi.

«Kun.uz» fotomuxbiri Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidagi ushbu yo‘l o‘tkazgich suratlarini taqdim etdi.

Ushbu yo‘l o‘tkazgich qayta tiklanishi shu yilning bahorida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasiga ko‘ra boshlangandi.

2008 yilda buzib tashlangan ko‘prik o‘rnida yangi, eni 22 va uzunligi 281 metr bo‘lgan yangi yo‘l o‘tkazgich qurildi.

Top