14:50 / 29.09.2017
13234

«Terrorchilar uchun biznes maktabi» - Tramp Afg‘oniston haqida

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp xususiy xayriya kechki ovqatida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonni o‘zining alma-materi — 1968 yili tugatgan Pensilvaniya universiteti Uorton biznes maktabiga qiyosladi. Bu haqda anjuman ishtirokchilariga asoslangan holda The Washington Post nashri yozmoqda.

U, o‘z chiqishida, shuningdek, avvallari Amerika byudjyetidan sarflanayotgan harbiy xarajatlarni qisqartirishni istaganini ta'kidladi. Biroq harbiy generallar Trampni Afg‘onistonda terrorchilik tashkilotlari ko‘pligi sababli qisqartirish qarori «xavfsiz» bo‘lmasligiga ishontirishgan. 

Generallar, deb aniqlik kiritgan Tramp, unga «maxfiy ma'lumotni ko‘rsatishgan», shundan so‘ng, prezident Qo‘shma Shtatlarning jangarilarni Afg‘onistondan «chiqarib yubormaslik»dan boshqa chorasi yo‘q, degan xulosaga kelgan. Aks holda, AQSh 2001 yil 11 sentabrdagi terrorchilik xurujiga to‘qnash kelishi mumkin. 

«Jahon savdo markazi binolariga samolyotlarni yo‘naltirganlar Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tishgan», — degan Tramp. Uning ta'kidlashicha, respublika «terrorchilar uchun Uorton biznes maktabiga o‘xshaydi».

Oq uy The Washington Post gazetasining Tramp bayonotini izohlash bo‘yicha so‘roviga javob bermagan. 

Top