23:41 / 30.09.2017
10205

APL. "Siti" safarda "Chelsi"ni mag‘lub etdi

Foto: Getty Images

"Chelsi" hamda "Manchester Siti" o‘rtasida kechgan Angliya chempionatining 7-tur markaziy o‘yini yakunlandi. Londonda kechgan uchrashuv shaharliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yindagi yagona gol 67-daqiqada de Bryuyne tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa "Manchester Siti" 19 ochko to‘plab, "Manchester Yunayted" bilan birga musobaqada peshqadamlik qilmoqda. 

Chelsi – Manchester Siti 0:1
Gol:
0:1 – 67 de Bryuyne.
Chelsi – Kurtua, Kristensen, Keyhill, Alonso, Ryudiger, Azar (Pedro, 72), Kante, Bakayoko (Batshuayi, 73), Fabregas, Aspilikueta, Morata (Villian, 35).
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Stounz, Uoker, Delf, Silva (Bernardu Silva, 76), Fernandino, Sane, de Bryuyne, Sterling, Gabriel Jyezus.
Ogohlantirish: Fernandino (61).

Top