19:04 / 30.09.2017
6690

APL. «Tottenhem» mehmonda yirik g‘alaba bilan qaytdi

Angliya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan dastlabki uchraushvda liga debyutanti «Haddersfild» o‘z uyida «Tottenhem»ni qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Harri Keynning dubli, Ben Devis va Mussa Sissokoning bittadan gollari mehmonlarga 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani taqdim etdi. Natijada «Haddersfild»ning ketma-ket g‘alabasiz o‘yinlari soni 5taga yetdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Tottenhem» 14 ochko to‘plab 3-o‘rinda qoldi. «Haddersfild» esa 9 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Angliya premer-ligasi, 7-tur

Haddersfild – Tottenhem 0:4 (0:3)
Gollar: 
Keyn (9, 23), Devis (16), Sissoko (90+1).
Haddersfild: Lessl, Yorgensen, Leve (Meloun, 60), Smit, Shindler, van La Parra, Xogg (Uaytxed, 82), Ins, Muy (Billing, 61), Kachunga, Depuatr.
Tottenhem: Loris, Sanches, Vertongen, Devis, Alderveyreld, Eriksen (Sissoko, 75), Uinks, Alli, Dayyer, Tripper (Uoker-Piters, 82), Keyn (Son Xyn Min, 87).
Ogohlantirishlar: Alli (58), Kachunga (65).

Mavzuga oid
Top