15:22 / 30.09.2017
30587

«El-klasiko» xavf ostida. «Barselona» boshqa chempionatga o‘tib ketishi mumkin

Foto: Getty Images

Agar Kataloniya Ispaniyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsa, «Barselona»ning o‘zi aynan qaysi chempionatda to‘p surish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Kataloniya sport vaziri Jyerar Fiyeras gapirib o‘tdi. Uning fikriga bu chempionatlar Angliya, Fransiya yoki Italiya kabi qo‘shni davlatlar ham bo‘lishi mumkin.

«Barselona», «Espanol» va «Jirona» bu masalani o‘zaro hal qilib olishlari kerak: Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishadimi, yoki Italiya, Fransiya yoki Angliya chemipionatlaridan birini tanlashadimi.

UYeFA bir jamoaning o‘z milliy chempionatida emas, boshqa mamlakat chempionatida ishtirok etishiga qarshilik qiladi deb o‘ylamayman», — deya Fiyerasning so‘zlarini keltiradi Britaniya tabloidi Mirror.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bunday hech qanday bir fantastik o‘ylanadigan jihatlar yo‘q. Oddiy misol sifatida  Andorraning «Andorra» nomli jamoasi allaqachon Ispaniya chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Ular hozir beshinchi divizionda to‘p surishmoqda. Boshqa bir misol «Monako». ular Fransiya chempionatida to‘p surishmoqda

Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr kuni Kataloniyada hududning Ispaniyadan ajralib chiqib, mustaqqil bo‘lishini yoqlash yoki rad etish bo‘yicha referendum tashkil qilinadi. Ispaniya Konstitutsion sudi ularning qarorini noqonuniy deb topgan, ammo Kataloniya hukumati sudning bu qarorini tan olmayapti.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Top