O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentabrda maktabgacha ta`lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko'ra Maktabgacha ta`lim vazirligini tashkil etish ko'zda tutilgan.   

Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog'iston maktabgacha ta`lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta`lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta`lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo'limlari kiradi.

Farmonda aytilishicha, oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta`lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan ko'proqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalari tomondan qamrab olinishi 30 foizga yaqinni tashkil etadi.

Yangi vazirlikning asosiy vazifalari ichida O'zbekistonda o'zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat MOMlari tarmog'ini yaratish hisobiga bolalarning maktabgacha ta`lim bilan to'liq qamrab olinishini bosqichma-bosqich ta`minlash hamda maktabgacha ta`lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq qilish  hisoblanadi.

Shu munosabat bilan maktabgacha ta`lim rahbarlari va pedagogik xodimlarini zamonaviy texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va "bolalarni tarbiyalash bo'yicha munosib sharoitlar"ni yaratish rejalashtirilgan.