00:37 / 30.09.2017
10946

Mourino firibgarlikda gumon qilinib sudga chaqirildi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino soliqlarni to‘lashda firibgarlik qilganlik deya gumonga olinib, Madrid sudiga chaqirildi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis 3 noyabr kuni, Angliya premer-ligasining «Chelsi»ga qarshi uchrashuvi boshlanishiga ikki kun qolganida Madridda sudda ishtirok etishi kerak bo‘ladi.

Iyunda Ispaniya prokuraturasi «Real» sobiq bosh murabbiyini xuddi shu jinoyatda ayblagandi. Mourino o‘zining imiji huquqini sotish jarayonida 3,3 mln yevro miqdorida pulni soliqlardan yashirishda ayblangan. Portugaliyalik mutaxassis 2011 yildan 2012 yilga qadar bo‘lgan vaqtda ikkita soliq jinoyatini amalga oshirishda ayblanmoqda. Mourino «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi sifatida 2010 yildan 2013 yilga qadar boshqarib borgan.

Top