08:03 / 30.09.2017
6200

Nyu-Yorkda haydovchi piyodalarni urib ketdi

Nyu-York markazida yuk mashinasi odamlarni urib ketdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu mashinaning tezlik tepkisi harakatlanmay qolgani sabab yuz bergan. Mashina katta tezlikda yashil chiroqqa o‘tib ketgan va haydovchi odamlarni xavfdan ogoh qilishga harakat qilib baqirgan.   

Uning ortidan politsiya quvlashga tushgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki ayol va bir erkak jarohat olgan, ular yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilganlar.

Politsiya YTHni baxtsiz hodisa deb topgan. Haydovchiga hech qanday ayblov qo‘yilmagan.

Top