09:40 / 30.09.2017
11847

Opa-singillar eshik qulfini buzib, o‘g‘irlikka qo‘l urishdi

Yangiyo‘l tumanida noma'lum shaxs, uyda xech kim yo‘qligidan foydalanib, eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, uy bekasi, 1971 yilda tug‘ilgan Z.T.ning uyidan umumiy narxi 3.000.000 so‘m bo‘lgan uy-jihozlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi, uy bekasi, 1993 yilda tug‘ilgan M.T. va singlisi, uy bekasi, 1995 yilda tug‘ilgan G.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. 

Tergovni IIB olib bormokda.

Top