2017 yil 27 sentabr kuni soat 18:20 larda, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “O‘zbekinvest” binosi qarshisida, 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi “Captiva” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda - 1991 yilda tug‘ilgan erkak kishi yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.