15:10 / 01.10.2017
11174

AQSh KXDR qirg‘oqlari yaqiniga yirik aviatashuvchisi va suvosti kemasini yubormoqda

Foto: Reuters

AQSh oktabr oyida Koreya yarim oroliga Janubiy Koreya floti bilan qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Yonhap» Janubiy Koreya Mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«Biz Yapon dengizi hududiga 15 oktabr kuni «Ronald Reygan» aviatashuvchisi boshchiligidagi jangovar guruh keltirilishi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmoqdamiz», — degan manba.

Qayd etilishicha, ushbu guruhda esminets, raketali kreyser va atom suvosti kemasi ham bo‘ladi.

Top