Ukasi Donald bilan Advance Publications kompaniyasi, Conde Nast nashriyoti va Discovery Communications’ning aksiyalari nazorat paketiga ega bo‘lgan amerikalik mediamagnat Semyuel Irving Nyuxaus 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 1 oktabrda qariyaning oilasiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, u Nyu-Yorkdagi uyida 30 sentabrda vafot etgan. "Bugun biz titanni yo‘qotdik", deb izoh bergan magnat o‘limiga Conde Nast ijrochi direktori Bob Sauerberg.
Semyuel Irving Nyuxaus 1927 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Forbes nashri talqiniga ko‘ra, uning boyligi 12,1 mlrd dollarga teng bo‘lgan. Tadbirkor san'at buyumlari to‘plash bilan tanilgan.