17:57 / 01.10.2017
7911

Yevroparlament Kataloniya mustaqilligiga doir referendumni qonuniy deb hisoblaydi

Foto: AP

Kataloniyaning mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum qonuniy hisoblanadi, shu munosabat bilan ispan politsiyasining kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yevroparlament raisi o‘rinbosari, "Yashillar"ning  avstriyalik yevrodeputati Ulrike Lunachek yakshanba kuni shunday bayonot bilan chiqdi. 

"Aslini olganda, referendum qonuniy hisoblanadi, ammo Shotlandiya tajribasining ko‘rsatishicha, u Madrid bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Shu bilan birga, markaziy hukumat muloqot blokadasini to‘xtatishi kerak", - deyiladi Yevroparlament rahbari o‘rinbosarining bayonotida. 

"Yevropadagi barcha demokratlar kabi men ham Kataloniyadagi vaziyatning yomonlashuvidan shokdaman. Men ispan kuch tuzilmalari tomonidan rezina o‘qlar va tayoqlarning qo‘llanishini qoralayman va deeskalatsiyaga chaqiraman. Yevroparlamentdagi "Yashillar" fraksiyasi bilan birga Yevrokomissiyani Ispaniya markaziy hukumati va Kataloniya mintaqaviy hukumati o‘rtasida vositachi bo‘lishga chorlab qolaman. XXI asrda mustaqillikka doir  referendumning fuqarolik urushiga yaqin holatga kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deya ta'kidladi Lunachek. 

Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan chiqishiga doir referendum yakshanba kuni bu mintaqaning butun hududi bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Plebistsit Kataloniya hukumati tomonidan bir tomonli tartibda, ovoz berishni noqonuniy hisoblovchi Madrid ruxsatisiz belgilandi. Barselonada referendum qonuniy ekani ta'kidlanmoqda.  

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top