11:00 / 01.10.2017
10838

Foto: Barselonaliklar tong otmasdan saylov uchastkalarida to‘planishdi

Foto: Reuters

Barselona shahrida Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi uchun o‘tkazilayotgan referendum arafasida saylov uchastkalarida uzun navbatlar paydo bo‘ldi.

Kataloniya poytaxtidagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni boshlanishidan bir necha soat oldinoq yuzlab kishilar to‘plangan. Ob-havo yaxshi emasligi, yomg‘ir yog‘ayotganiga qaramasdan odamlar saylov uchastkalariga kelishda davom etishmoqda.

Shaharda avtomobillar harakati qiyinlashgan.

Faollar, ota-onalar hamda ularning farzandlari tunni Barselonadagi maktablarda o‘tkazishgan.

Foto: Twitter
Foto: Twitter
Foto: Twitter

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 09:00da (Toshkent vaqti bilan soat 12:00da) ochiladi va soat 20:00gacha ovoz berish jarayoni davom etadi. Kataloniya bo‘ylab 2315ta saylov uchastkasi tayyorlangan, jami 5,3 million saylovchi referendumda ishtirok etishi kutilmoqda.

Foto: RT

Ayni vaqtda saylov uchastkalariga saylov urnalari va byulletenlari olib kelinishi boshlangan.

© RIA Novosti / Yelena Shesterina

So‘rovlarga ko‘ra, Kataloniya mustaqilligini 41 foiz kishi qo‘llaydi, 49 foiz kishi qarshi. Mustaqillik referendumi o‘tkazilishini so‘rovda qatnashgan kataloniyaliklarning 80 foizi qo‘llab-quvvatlagan, ammo ularning ko‘pchiligi referendum rasmiy Madrid bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi kerak, deb hisoblaydi.

Barselona Madridga qarshi: futbolda emas, bu gal siyosat 

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top