09:30 / 01.10.2017
60666

IShIDning 300 dan ko‘proq jangarisini yo‘q qilgan snayper halok bo‘ldi

Foto: Twitter/@Defense_Iraq

Iroqda "Ishidchilarga ov qiluvchi" laqabi bilan taniqli bo‘lgan, "Al-Hashd ash-Sha'bi" shialar guruhidan bo‘lgan snayper Abu Tahsin as-Solihiy halok bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, u butun umri davomida 321 jangarini yo‘q qilgan. 

Jangchi 29 sentabrda IShIDning Iroqdagi oxirgi tayanchlaridan biri bo‘lgan Al-Havija axoli punkti uchun jangda og‘ir jarohat olgan, deb ma'lum qildi Iroq armiyasi tvitterda.

Avval as-Solihiy Iroq armiyasida xizmat qilgan va 1973 yildan boshlab davlat olib borgan barcha urushlarda qatnashgan.

Mavzuga oid
Top