11:50 / 01.10.2017
20432

Kataloniya referendumi natijasi Ispaniya terma jamoasiga qimmatga tushishi mumkin

Foto: Sport Ekspress

Kataloniya referendum orqali Ispaniyadan ajralib chiqsa, bu terma jamoaning 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, agar La liga rahbariyati «Barselona»ni va Kataloniyadagi boshqa klublarni Ispaniya chempionatidan chetlatishga qaror qilsa, FIFA terma jamoaga sanksiya qo‘llashi mumkin. Xalqaro futbol federatsiyalari tashkiloti bu holatni davlat futbol ishlariga aralashishi deb hisoblashi mumkin.

Kataloniya mustaqilligi uchun referendum bugun, 1 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.  Unda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham ishtirok etishini bildirgan.

Bundan avvalgi xabarlarda agar Ispaniya chempionatidan chetlatilsa, «Barselona» Fransiya yoki Angliyadagi ligalarda qatnashishga tayyorligini aytilgandi.

Ispaniya ayni vaqtda JCh-2018 saralashida guruhda birinchi o‘rinda bormoqda. Mundial yo‘llanmasi uchun Albaniya va Isroilga qarshi o‘yinlarda 4 ochko olish kifoya bo‘ladi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top