10:20 / 01.10.2017
11185

Italiya Shimoliy Koreya elchisini haydab yubormoqchi

Foto: (flickr/italyun)

Italiya Tashqi ishlar vaziri Anjyelino Alfano La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida hukumat KXDR elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgani haqida aytdi.

«Biz jiddiy qaror qabul qildik — Shimoliy Koreya elchisiga akkreditatsiya muddati to‘xtatiladi. U endi Italiyadan chiqib ketishi kerak»,— degan Alfano.

Sentyabr oyi boshida Shimoliy Koreya o‘z tarixidagi eng yirik yadroviy sinovni o‘tkazgandi va mintaqada navbatdagi inqirozni keltirib chiqardi. AQSh Prezidenti Donald Tramp 20 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida chiqishi vaqtida rasmiy Pyongyangdan raketalar uchirishni bas qilishni talab qildi. Tramp aks holda AQSh Shimoliy Koreyani «yo‘q qilib yuborishi» mumkinligi bilan tahdid qildi. KXDRning raketa sinovlarini barcha davlatlar qoralaydi, ammo shimolliklar davlati raketa sinovlarini to‘xtatib, tinch muzokaralar o‘tkazmayapti.

Bundan avvalroq Xitoy hukumati shimoliy koreyaliklarning mamlakat hududidagi barcha kompaniyalarini yopishga qaror qilgandi.

Top