16:40 / 01.10.2017
12943

Kataloniya politsiyasi Ispaniya hukumatiga bo‘ysunishdan bosh tortdi

Foto: Yves Herman / Reuters

Kataloniya politsiyasi Ispaniya Oliy sudining Mustaqillik referendumi o‘tkazilayotgan saylov uchastkalarini yopish to‘g‘risidagi qaroriga bo‘ysunmadi.

El Pais nashri xabarida aytilishicha, Kataloniya huquq-tartibot organlari xodimlari buyruqni bajarishdan bosh tortgach, ularning o‘rniga bu ishni Madriddan Kataloniyaga yuborilgan Fuqarolik gvardiyasi va milliy politsiya xodimlari bajarmoqda.

Ularga 1,5 mingta saylov uchastkasini yopish buyurilgan, bu saylov uchastkalari qatorida Kataloniya rahbari Karles Puchdemon ovoz berishi kutilgan saylov uchastkasi ham bor edi.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, ko‘plab saylov uchastkalarida internet o‘chirib qo‘yilgan. Ispan politsiyasi xodimlari eshiklarni buzib kirib, saylov byulletenlari tashlanadigan urnalarni olib ketishmoqda, binolar atrofi o‘rab olinib, saylovchilar saylov uchastkalariga kirishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Tomonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Mustaqillik referendumida ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 09:00da boshlandi. Kataloniya hukumati provinsiya aholisini referendumga chiqishga chaqirdi va politsiyaning harakatlariga tinch yo‘l bilan to‘sqinlik qilishni so‘radi.

Saylov uchastkalari kechqurun soat 20:00ga qadar ochiq bo‘ladi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top