11:10 / 01.10.2017
15733

Konte ketmoqchi

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunida lavozimini tark etmoqchi.

The Sunday Times ma'lumotiga ko‘ra, ushbu italiyalik mutaxassis klub rahbariyatining transfer siyosatidan norozligicha qolmoqda. 48 yoshli murabbiy va klub xo‘jayini Roman Abramovich o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan.

«Chelsi» Konte rahbarligida o‘tgan mavsumda Angliya chempioni bo‘lgandi. APLning joriy mavsumida 7 turdan keyin jamoa 13 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.

Top