20:29 / 01.10.2017
43253

Vazn tashlashning uddasidan chiqqanlardan ozish uchun 7 tavsiya

Sertifikatli murabbiy va mashhur Chicago Tribune'ning bosh fitnes-sharhlovchisi Jyeyms S.Fell bunday muvaffaqiyatga osonlikcha erishmadi. Jyeyms 30 yoshga kelib nafas siqishi, fast-fudga bo‘lgan mehri va nosog‘lom vazni bilan "maqtana olardi". Ko‘zgu bilan navbatdagi uchrashuv yigitning kayfiyatini shu qadar tushirdiki, u o‘zini qo‘lga olishga qaror qildi va atigi ikki yilda orzusidagi qomatni "qurish"ga muvaffaq bo‘ldi. Fellning ta'kidlashicha, hattoki dunyoning eng semiz kishisini ham ozishga majbur qiluvchi bir necha amaliy tavsiya bor. Trendymen ularning eng asosiylari bilan bo‘lishdi.

Mashg‘ulotlarga mehr qo‘ying

Foto: trendymen.ru

Birinchi navbatda, mashg‘ulotlardan zavq olishni o‘rganing. Ongingiz rad etayotgan narsani bajarishga o‘zingizni majburlay olmaysiz. Ozish uchun uzoq shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni majburiyat emas, ishchi kunlardan dam olish sifatida qabul qilishga harakat qiling. Yordam berishi kerak.

Tezkor maqsadlar

Foto: trendymen.ru

"Men ozishni xohlayman" - maqsad haddan ziyod uzoq va noaniq. Vizual natijani ko‘rmasangiz, go‘yoki maqsadsiz harakatlanayotgandek bo‘lasiz. Shuning uchun aniq, qisqa muddatli maqsadlar qo‘yib, ularga yetishishni o‘rganing. Masalan, mashg‘ulotlar jadvalini muzlatgichga osib qo‘yib, bajarilgan har bir kunni marker bilan o‘chiring. Shunda natijani ko‘ra boshlaysiz va o‘ziga yarasha rag‘bat paydo bo‘ladi.

Mukammal qomat

Foto: trendymen.ru

Ko‘zguga boqing va tan oling: ko‘rayotganingiz - mukammal qomat emas. Hatto vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlarga vaqt ajratsangiz ham, doim undan-da ko‘proq shug‘ullanish imkoni mavjudligini unutmang. Shunchaki yaxshi ko‘rinishga emas, ortingizdan boshqalar qayrilib qaraydigan darajada ko‘rkam bo‘lishga intiling. Bu yaxshi motvatsiya bo‘lishi mumkin.

Majburiy nonushta

Foto: trendymen.ru

Ertalabki nonushta nafaqat metabolizmni tezlashtiradi, balki butun bir kun uchun yaxshi poydevor vazifasini o‘taydi: yaxshi nonushta qilgan odam kun davomida ortiqcha kaloriya iste'mol qilmaydi. Bundan tashqari, ochlik hissi kechroq keladi, tushlikning kechikishi esa kechki ovqatni umuman bekor qilish imkonini beradi.

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish

Foto: trendymen.ru

Uyquga me'yoriy ochlik hissi bilan yoting. Bu — normal hissiyot, organizmingiz kechki tamaddidan olingan quvvatni qayerga qo‘yishni bilmaydi. Bundan bir necha usul bilan qochish mumkin: bir piyola qaynoq giyohli choy oshqozonni to‘ldiradi, tishlarni tozalash esa o‘zingizni tiyishga va tunda muzlatgich yoniga yaqinlashmaslikka yordam beradi.

Haddan tashqari to‘yib qolmang

Foto: trendymen.ru

To‘qlik hissini tuyishga harakat qiling. Ovqatdan qoniqish hosil qilib, yana biroz tamaddi qilish imkoni borligini his qilganingizda stoldan turish uchun o‘zingizni qo‘lga ola bilishingiz kerak. Bu qiyin va qandaydir tajriba talab qiladi, biroq natija shunga arziydi. Yengil ochlik hissi butun organizmni tonusda ushlashga yordam beradi - uyqu va charchoqdan asar ham qolmaydi.

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang

Foto: trendymen.ru

Bir Oreo pechenesi qancha kaloriyaga ega bo‘lsa, chorak kilogramm ismaloq kaloriyasi shuncha bo‘ladi. Past kaloriyali parhezga e'tibor qarating, u organizmingizni foydali moddalar bilan to‘liq qoniqtira oladi. Bu vazifani amalga oshirishda, eng yaxshisi, sarxil meva va sabzavotlar yordam beradi.

Mavzuga oid
Top