10:00 / 01.10.2017
12345

Video: Fransiya chempionatida golni qayd etish tizimi xato qildi

Fransiya chempionatining 8-turida «Renn» va «Kan» klublari o‘rtasida kechgan uchrashuv vaqtida golni qayd etish tizimi xatoga yo‘l qo‘ydi. Vahbi Hazri burchak jarimasini amalga oshirgach, «Kan» darvozaboni Remi Verkurt to‘pni darvoza chizig‘i ustida qaytarib yubordi. Ammo golni qayd etish tizimi gol bo‘lganini ko‘rsatdi va o‘yin bosh hakami maydon markazini ko‘rsatdi. 

Shundan so‘ng «Kan» futbolchilari hakamni o‘rab ola boshlashdi va undan qarorini o‘zgartirishni so‘rashdi. Yakunda Amauri Deleru va gol bo‘lmaganini ma'lum qildi.

Vaziyat tasvirlangan videoda rostan ham to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tmaganini ko‘rish mumkin.

Rennda kechgan uchrashuv «Kan»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, o‘yindagi yagona gol mezbonlar futbolchisi Rami Bensebaini tomonidan urildi - avtogol.

Top