19:50 / 01.10.2017
16894

Video: Kataloniya referendumida o‘t o‘chiruvchilar xalq tarafiga o‘tdi

Foto: AFP

Bugun, 1 oktabr kuni Kataloniya mustaqilligi masalasiga oydinlik kiritish maqsadida xalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo rasmiy Madrid bu harakatni qonundan tashqari, deb e'lon qildi hamda mahalliy politsiya kuchiga tayangan holda referendum jarayonlariga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lmoqda.

Ayni paytda Kataloniya mahalliy o‘t o‘chirish xizmati xodimlari aholini politsiya qarshiligidan himoya qilishga jazm etishgan. Ular xalq va politsiya o‘rtasida jonli devor hosil qilishgan. Politsiya va o‘t o‘chirish xodimlari to‘qnashuvlari tasvirlari paydo bo‘lgan.

Kataloniya ma'muriyatining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, oldindan tayyorlangan referendum uchastkalarining 96 foizi faol ishlab turibdi, shuningdek, saylovchilar davomati 50 foizdan ortdi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top