21:20 / 02.10.2017
12812

Shavkat Mirziyoyev Las-Vegasdagi fojia yuzasidan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi. Maktub matni TIV saytida keltirilgan.

O‘zbekiston prezidenti Las-Vegas shahrida ko‘plab insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tinch aholi ommaviy o‘qqa tutilishi haqidagi ayanchli xabar o‘zbekistonliklarni qattiq qayg‘uga solganini bildirib, AQSh prezidentiga samimiy hamdardlik izhor qilgan hamda halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga, jarohat olganlarga dalda so‘zlarini yetkazishni so‘ragan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, musiqa festivali vaqtida sodir etilgan xunrezlik qurbonlari soni 58 nafarni tashkil etmoqda, 515 kishi jarohatlangan holda shifoxonalarga yotqizilgan.

Mavzu
Las-Vegasdagi otishma

1 oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochildi. Jinoyatchi «Mandalay Bey» mehmonxonasining 32-qavatidagi xonada bo‘lgan va oynadan turib o‘t ochgan.

Barchasi
Top