18:37 / 02.10.2017
14892

Jizzaxda profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va yangi avtomashinalar berildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi «Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, profilaktika inspektorlariga barcha sharoitga ega xizmat uylari topshirilayotgani hudud osoyishtaligini ta'minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax shahridagi Xotira maydonida Jizzax viloyati IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazildi. Shu yerda ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o‘zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta'minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga viloyatdan saylangan senatorlar, turli vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a'zolari ishtirok etgan tadbirda profilaktika inspektorlariga zamonaviy xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kalitlari topshirildi.

 

Mavzuga oid
Top