08:32 / 03.10.2017
13493

AP: Las-vegaslik "mergan" qurol sotib olishdan avval tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan

Foto: © REUTERS / Las Vegas Sun/ Steve Marcus

1 oktabr kechki vaqt Las-Vegasda 59 kishini otib tashlagan jinoyatchi qurol sotib olishdan avval tegishli tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda qurol do‘koni egasi Kris Maykl ma'lum qildi. 

Mayklning aytishicha, 64 yoshli Stiven Peddok uning Nevadadagi uyidan 40 daqiqalik masofada joylashgan Yuta shtatidagi do‘konga bir necha marta kelgan. Natijada qotil federal ma'lumotlar bazasi bo‘yicha tegishli tekshiruvdan o‘tib, to‘pponcha sotib olgan. 

"Unda hech qanday xavotirli jihat yo‘q edi. Men u buni qilishi borasida umuman tushunchaga ega emasdim", deb aytdi Maykl.  

Politsiyaning ma'lum qilishicha, Peddok avvallari jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Qotilning yaqinlari u sodir etgan jinoyat ular uchun kutilmagan hodisa bo‘lganini aytishgan.

1 oktabrda Las-Vegasdagi musiqiy festivalda Peddok tomondan sodir etilgan otishma oqibatida 59 kishi halok bo‘ldi, 500 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Qotilning o‘zi ham o‘lgan. 

Mavzu
Las-Vegasdagi otishma

1 oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochildi. Jinoyatchi «Mandalay Bey» mehmonxonasining 32-qavatidagi xonada bo‘lgan va oynadan turib o‘t ochgan.

Barchasi
Top