19:50 / 03.10.2017
19236

Eng ko‘p sayohat qiluvchi xalqlar ma'lum qilindi

Foto: EPA

Movehub transport kompaniyasi mutaxassislari dunyo bo‘ylab eng ko‘p sayohat qiluvchi xalqlar reytingini tuzdi. Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni Hongkong aholisi egallagan. Hongkongliklar qolgan xalqlarga qaraganda sayohat uchun ko‘proq vaqt ajratar ekanlar, deb xabar bermoqda 34travel nashri.

Ma'lum qilinishicha, Hongkong aholisi yiliga 11,4 marta sayohat qilar ekan. Ular har bir sayohat uchun o‘rtacha 3  ming dollardan sarflaydilar.

2-o‘rinni Lyuksemburg aholisi egalladi, ular bir yilda 2,56 marta sayohat kilishar ekan. Lyuksemburgliklar har bir sayohatlari uchun 6 ming dollarga yaqin mablag‘ sarflaydilar. 

3-o‘rinni esa vengriyaliklar egalladilar. Ular yiliga 1,62 marta sayohat qilishar ekan va har bir sayohat uchun 250 dollar sarflashadi.

Shuningdek, eng ko‘p sayohat qiluvchi millatlar qatoridan shvetsiyaliklar, finlyandiyaliklar, irlandiyaliklar, shveysariyaliklar, daniyaliklar, albaniyaliklar va singapurliklar ham joy olishdi. 

Top